Забыли пароль?
Регистрация
Вопрос
Hisobvaraqdagi pullarni qanday qaytarib olsak bo'ladi?
Bizning firma MChJ shaklida, faoliyat turi mebel ishlab chiqarish hisoblanadi. Asosan byudjet tashkilotlaridagi davlat xaridlari bo'yicha mebel mahsulotlari ishlab chiqaramiz. Firmaning asosiy daromadi byudjet tashkilotlaridan o'tkaziladigan mablag'lar hisobiga shakllanadi. Aytishlaricha, Respublika Komissiyasining (qanday komissiya ekanligini topolmadim) 2015-yil 27-noyabrdagi 35-son qaroriga muvofiq (bu qarorni ham topolmadim), byudjet tashkilotlari bizning hisobvaraqga pul o‘tkazib bermayapti, shuning uchun 23202- raqam bilan boshlanadigan yana boshqa hisobvaraq ochdik (majburan!!!). Hozirda firmaning 16mln so‘m puli shu hisobvaraqda turibdi, yaqinda yana pul o'tkazishlari kerak. Lekin bu hisobvaraqdagi pullardan (o'zimizga tegishli bo'lsa ham) foydalana olmayapmiz. Ruxsat berishmayapti, pullar muzlatilgan. Aytishlaricha, bu hisobvaraqdagi mablag'lardan faqat soliq uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin ekan. Biroq bizning soliq bo‘yicha qarzimiz taxminan 2 mln so‘mni tashkil qiladi, biz esa qolgan puldan umuman foydalana olmayapmiz. Firma faoliyati ham shu sababli to'xtab qoldi.


Ответы экспертов
Ответов: 293
26.12.2015

Ushbu holatda, avvalambor, bunday cheklovlar qaysi tashkilot tomonidan va qaysi asoslarga ko`ra qo`llanilayotganligini  aniqlab olish va shundan kelib chiqqan holda o`z huquqini samarali himoya qilish choralarini ko`rish lozim bo`ladi.  

Boisi, «O`zbekiston Respublikasida mulkchilik to`g`risida»gi Qonunning  36-moddasida davlat organlari mulkdorga qonunlarda nazarda tutilmagan qo`shimcha vazifalar yoki cheklashlar belgilab qo`yishga haqli emasligi belgilangan.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasi, Fuqarolik kodeksining 164-moddasi va boshqa bir qator qonunlar bilan mulkdor o`z mulki (shu jumladan, pul mablag`lari)ga o`z xohishicha egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqi hamda usbu huquqni kim tomonidan bo`lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqlari kafolatlangan.

Yuqoridagilarga ko`ra, xat muallifi ish holatlarini aniqlab, korxonaga nisbatan cheklovlar asossiz deb hisoblagan taqdirda, o`z huquqlari buzilishini bartaraf etish borasida prokuraturaga yoki bevosita xo`jalik sudiga murojaat qilishi mumkin. 

Ответы экспертов отражают их мнение и создают информационную основу для принятия Вами самостоятельных решений. Пользование этим сервисом осуществляется по правилам, с которыми Вы согласились, задавая вопрос на сайте. Просмотр всех вопросов и ответов открыт в свободном доступе.
Ответы актуальны на дату публикации.

Сайт разработан в ООО «NORMA ONLINE», зарегистрирован в Узбекском агентстве по печати и информации 26.02.2016г.
Регистрационное свидетельство № 0406.
Адрес: Узбекистан, 100105, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Таллимаржон, 1/1.
Тел. (998 71) 200-00-90. E-mail: admin@norma.uz
Копирование материалов сайта без согласования с администрацией ресурса запрещено.
Все товары, подлежащие обязательной сертификации, сертифицированы; лицензируемые услуги – лицензированы.
© ООО «NORMA ONLINE», 2007-2017 г. Все права защищены.
Яндекс.Метрика