Ответов: 35
Ответы эксперта. Создание, реорганизация, ликвидация юрлица
Показать ответ

Filialni tashkil etishda ushbu harakatlarni amalga oshirish kerak:

1. Filialni tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilish.

MChJ filialini tashkil etish jamiyat ishtirokchilari umumiy yig’ilishining bir ovozdan qabul qilingan qaroriga ko’ra amalga oshiriladi (“Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida”gi Qonunning 30, 34-m., keyingi o’rinlarda – Qonun).

2. MChJ ustavini yangi tahrirda tasdiqlash va qayta davlat ro’yxatidan o'tkazish.

MChJ ustavida uning filiallari to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan bo'lishi kerak (Qonunning 13-m.), shuning uchun filialni tashkil etishda ustavga tegishli qo’shimchalar kiritiladi.

3. Filial to’g’risidagi nizomni tasdiqlash.

Filial to’g’risidagi nizom MChJ ishtirokchilari umumiy yig’ilishi tomonidan tasdiqlanadi.

4. Filial boshlig’ini tayinlash va uning nomiga ishonchnoma berish.

Filiallar rahbarlari yuridik shaxs tomonidan tayinlanadi va uning ishonchnomasi asosida ish olib boradi (Fuqarolik kodeksi 47-m.).

5. Filialni mol-mulk bilan ta’minlash.

Filialga mol-mulk berish ikki shaklda bo’lishi mumkin:

a) MChJ filialga mol-mulkni topshiradi (mol-mulkni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida) va uni alohida balansga ajratadi. Bu holda filial uchun bankda alohida hisob raqami ochiladi va filial soliq organida hisobga qo’yiladi;

b) filialning mol-mulki mustaqil balansga ajratilmaydi, filial tomonidan amalga oshirilgan xo’jalik operatsiyalari esa MChJning buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Bunda mol-mulkni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuzilmaydi, filialga mol-mulk berish faqat MChJning buxgalteriya yozuvlari bilan aks ettiriladi.

6. Zarur bo’lganda filial muhr va shtamplari olinadi.

Сайт разработан в ООО «NORMA», зарегистрирован в Узбекском агентстве по печати и информации 01.06.2018 г.
Регистрационное свидетельство № 0406.
Адрес: Узбекистан, 100105, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Таллимаржон, 1/1.
Тел. 78-150-11-72, Call-центр:1172. E-mail: admin@norma.uz
Копирование материалов сайта без согласования с администрацией ресурса запрещено.
© ООО «NORMA», 2007-2020 г. Все права защищены.
18+
Яндекс.Метрика