Ответов: 212
Ответы эксперта. Скрытый раздел
Показать ответ

1. Bojxona toʻlovlari boshqarmasi tomonidan tibbiyot muassasasi tomonidan mebel tovarlarini chetdan olib kirishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan imtiyoz olish masalasi boʻyicha quyidagilar maʼlum qilinadi.

Bojxona kodeksining 289-moddasiga muvofiq tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishda bojxona boji, qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi va bojxona yigʻimlari toʻlanadi.

Tovarlarga toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining miqdorini va bojxona imtiyozlari mavjudligini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi boʻyicha tovarning kodi (TIF TN) taqdim etilishi lozim.

Jamiyat tomonidan olib kiriladigan mebel tovarlarining TIF TN kodlari taqdim etilgan taqdirda bojxona organlari tomonidan ushbu tovarlarga toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining miqdori va bojxona imtiyozlari boʻyicha batafsil maʼlumot beriladi.

Shu bilan birga, tovarlarning TIF TN kodlarini aniqlash boʻyicha bojxona organlari tomonidan dastlabki qaror qabul qilinishi mumkin.

Bojxona kodeksining 371-moddasida TIF TN kodlarini aniqlash boʻyicha dastlabki qarorni olish uchun bojxona organlariga yuboriladigan soʻrovda koʻrsatilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar keltirilgan.

Tovarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 75 foizi miqdorida bojxona yigʻimi undirilishi belgilangan.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-apreldagi PQ-2863-son qaroriga muvofiq 2025-yil 1-yanvargacha belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha yuridik shaxslar tomonidan, shu jumladan lizing shartnomasi asosida olib kelinadigan yangi tibbiyot asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda sarflash materiallari bojxona bojidan ozod etiladi.

Bojxona kodeksining 297-moddasi hamda Soliq kodeksining 246-moddalariga muvofiq, oʻxshashi Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalar bojxona bojidan va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi 352-son qarori bilan respublika hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan yangi texnologik asbob-uskunalar roʻyxati (Roʻyxat) tasdiqlangan boʻlib, Roʻyxatning 6751-bandiga 9402 90 000 0 TIF TN kodi bilan tasniflanadigan tibbiy, jarrohlik, stomatologiya yoki veterinariya mebellari kiritilgan.

Mazkur imtiyozlar ushbu Roʻyxatga TIF TN kodlari kiritilgan yangi texnologik uskunalarga qoʻllaniladi.

Maʼlumot uchun: Yangi texnologik uskuna – «erkin muomalaga chiqarish» bojxona rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida ishlab chiqarilganiga uch yildan koʻp boʻlmagan texnologik uskunadir.

Texnologik asbob-uskunalarning ishlab chiqarilgan yilini tasdiqlash uchun ishlab chiqaruvchi zavodning texnik pasporti yoki ishlab chiqarilgan yili toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjati taqdim etiladi.

Shu bilan birga, QQSni hisobga olish tartibi boʻyicha soliq organlariga murojaat etilishi maqsadga muvofiq.

Сайт разработан в ООО «NORMA», зарегистрирован в Узбекском агентстве по печати и информации 01.06.2018 г.
Регистрационное свидетельство № 0406.
Адрес: Узбекистан, 100105, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Таллимаржон, 1/1.
Тел. 78-150-11-72, Call-центр:1172. E-mail: admin@norma.uz
Копирование материалов сайта без согласования с администрацией ресурса запрещено.
© ООО «NORMA», 2007-2020 г. Все права защищены.
18+
Яндекс.Метрика